Опубликован 2024-07-05

MAKTAB TA’LIMI VA ISHLAB-CHIQARISH INTEGRATSIYASINI INNOVATSION BOSHQARUV ASOSIDA TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI

Аннотация


Maqolada maktab ta’limi va ishlab-chiqarish integratsiyasini innovatsion boshqaruv asosida tashkil etish mexanizmlari, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishda ta’lim va ishlab-chiqarish integratsiyasini tashkil etishning tashkiliy xususiyatlari, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishning zamonaviy shakllari ilgari surilgan. Zamonaviy dunyoda, inson kapitali ta’sirining oʻsishi bilan bir qatorda, jamiyatning yangi sifatini shakllantirishning eng muhim omili sifatida ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Ma’lumki, jahonda zamonaviy ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, shu bilan bir qatorda bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Ushbu zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish, yangi texnalogiyalarni tizimga tadbiq qilish malakali kasb-hunarga ega boʻlgan mutuxassis-kadrlarga bogʻliq boʻlib qolmoqda. Dunyoda inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalar joriy qilish asosida samarali foydalanish raqamli boshqaruv tizimi va axborot kommunikatsiya vositalari shakllanayotgan bugungi kunda, ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va uni samarali boshqarish boʻyicha mutaxassis-kadrlar tayyorlashning pasayib borishi oqibatida davlatlarning rivojlanishdan ortda qolishiga sabab boʻlmoqda. Shuningdek, ta’limda ixtisoslashtirishning ilmiy asoslangan tizimi joriy qilinmaganligi, ta’lim tarmoqlarida moddiy-texnik va innovatsiya tizimining qoniqarsiz ahvolda ekanligi, kasbga yoʻnaltirishda innovatsion boshqaruv faoliyatining tashkiliy-metodologik asoslari toʻliq ishlab chiqilmaganligi, oliy ma’lumotli professional pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlovchi muassasalar oʻrtasidagi integratsion munosabatlardagi muayyan muammolarning yuzaga kelishi natijasida xalq ta’limi tizimida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishda innovatsion boshqaruv faoliyatining ahamiyati oshib bormoqda.

Как цитировать


Mexmonov, I. (2024). MAKTAB TA’LIMI VA ISHLAB-CHIQARISH INTEGRATSIYASINI INNOVATSION BOSHQARUV ASOSIDA TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI. Журнал математики и информатики, 4(2). извлечено от https://hp.jdpu.uz/index.php/matinfo/article/view/10138

Библиографические ссылки


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2022-2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 997-son qarori.

Pardabaev J.E. ““STEAM” - Education as an innovative approach to the development of vocational training for students” // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 8 No. 3, 2020. ISSN 2056-5852

Miralieva D. Jahon ta’lim tizimi. Oʻquv uslubiy majmua. T.: Iqtisodiyot., 2016 y., 30-bet

Sh.E.Ne’matov, Oʻ.O.Tohirov, G.Yadgarova, N.Tashbaev. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish orqali umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlashning nazariy-metodologik asoslari.

Авторы


Ismat Mexmonov

A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti

Ключевые слова:

Kreativ boshqaruv, ta’lim va biznes, tadbirkor, ishlab chiqarish, innovatsiya, kompetensiya, investitsiya, intellektual mulk
Powered by I-Edu Group